Kengash institut rektori v.v.b. Jumanazar Yarmetov raisligida o‘tkazildi hamda oliygohning bugungi kundagi faoliyati, ilmiy, ma’naviy-ma’rifiy jarayonlar, ayniqsa, xalqaro hamkorliklar alohida e’tirof qilinib, unda mas’ul shaxslar, shuningdek, professor-o‘qituvchilardan mas’uliyatni yanada chuqur his qilgan holda faoliyatni davom qildirish yuzasidan fikr-mulohazalar bayon qilindi.
Kengash yig‘ilishida kun tartibidan o‘rin olgan quyidagi masalalar bo‘yicha hisobot va axborotlar tinglandi:
1. Siyosiy axborot: Yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining loyihasi to‘g‘risida. (U.Xo‘jamurodov axboroti)
2. Institut Axborot-resurs markazining faoliyati to‘g‘risida. (G‘.Samandarov hisoboti)
3. Institutda talabalar o‘rtasida salbiy illatlarga qarshi kurashish borasida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida. (D.Xudovberganov axboroti)
4. Institutda talabalar amaliyotlarining tashkil etilishi to‘g‘risida. (K.Siddiqov axboroti)
Alohida ta’kidlab o‘tish lozimki, Kengash kengaytirilgan tartibda tashkil qilindi va 60 000 dan ortiq takliflar asosida qayta tahrirlangan Konstitutsiya loyihasining 37-moddasining davlat muassasalariga ishga kirish, 44-moddasining majburiy mehnat, 49-moddasining ekologik huquqlar, 50-moddasining inklyuziv ta’lim, 51-moddasining oliy ta’lim, 52-moddasining o‘qituvchilik kasbi, 53-moddasining intellektual mulkka bag‘ishlangani haqidagi fikr-mulohazalar bayon qilindi.
Shuningdek, turli xil masalalar muhokama qilinib, mavjud masala va muammolar yuzasidan taklif va mulohazalar bildirildi.
Ma’lumot o‘rnida: Hisobot uchun – 15 daqiqa, axborot uchun – 5 daqiqa hamda taklif, mulohaza va ma’lumotlar uchun 3 daqiqagacha vaqt ajratildi.



UrDPI Matbuot xizmati