Londonda O‘zbekiston-Buyuk Britaniya ta’lim forumi—2025 bo‘lib o‘tdi
15–16-may kunlari Londonda O‘zbekiston va Buyuk Britaniya o‘rtasidagi oliy ta’lim sohasida sheriklik aloqalarini mustahkamlash uchun muhim bo‘lgan uchinchi O‘zbekiston-Britaniya ta’lim forumi o‘tkazildi.
Tadbirda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari Otabek Mahkamov, Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi direktori Adham Xudoyqulov, Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktori o’rinbosari Usmon Sharifxo’jayev, oliy ta’lim muassasalari rahbarlari, tadqiqotchilar, ta’lim siyosati bo‘yicha mutaxassislar, shuningdek, Buyuk Britaniya akademik hamjamiyati, tegishli tashkilotlar va universitetlar vakillari ishtirok etdi.
Ikki kun davomida forum ishtirokchilari O‘zbekiston, Buyuk Britaniya va xalqaro miqyosda oliy ta’limni rivojlantirishning asosiy ustuvor yo‘nalishlarini muhokama qildilar. Davlat ta’lim siyosati, innovatsion amaliyotlar va institutsional hamkorlikning universitetlar va sanoat o‘rtasidagi hamkorlik, bitiruvchilar bandligini oshirish va ta’lim muhitidagi barqaror o‘zgarishlar, xalqaro hamkorlik doirasida inklyuziv oliy ta’limni kengaytirish masalalari muhokama markazida bo‘ldi.
Batafsil:https://gov.uz/oz/edu/news/view/54771



©️ UrDPI matbuot xizmati