Close


UrDPIDA XITOYLIK PROFESSOR INSTITUTDA XITOY TILINI IKKINCHI XORIJIY TIL SIFATIDA O‘QITISH BO‘YICHA MA'RUZA O‘QIDI


UrDPIda xitoylik professor institutda xitoy tilini ikkinchi xorijiy til sifatida o‘qitish bo‘yicha ma'ruza o‘qidi

 Bugun, 30-may sanasida Urganch davlat pedagogika institutida Xitoyning Gansu qishloq xo‘jaligi universiteti professori Dong Guojun tomonidan Filologiya va tarix fakulteti Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili) ta’lim yo‘nalishi talabalariga ma'ruza mashg‘uloti o‘tkazildi. 

Mashg‘ulot davomida xitoy tilini ikkinchi xorijiy til sifatida o‘qitishning dolzarb jihatlari, samarali yondashuvlar hamda til ko‘nikmalarini shakllantirish bo‘yicha zaruriy va amaliy ko‘rsatmalar berildi. Professor Dong Guojun xorijiy til o‘qitishning integratsiyalashgan metodlari haqida ham batafsil ma’lumotlar berdi. 

Endilikda kelgusi 2025-2026-o‘quv yilidan boshlab, Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili) ta’lim yo‘nalishi talabalariga ikkinchi xorijiy til sifatida xitoy tili o‘qitiladi.

© UrDPI matbuot xizmati

Ulashish: