Close


Hurmatli abituriyentlar! Endilikda siz UrDPI va Rossiyaning Glazov davlat muhandislik-pedagogika universiteti diplomlariga ega bo‘lishingiz mumkin!


Hurmatli abituriyentlar! 

Endilikda siz UrDPI va Rossiyaning Glazov davlat muhandislik-pedagogika universiteti diplomlariga ega bo‘lishingiz mumkin!

Urganch davlat pedagogika instituti hamda Rossiya Federatsiyasining V.G. Korolenko nomidagi Glazov davlat muhandislik-pedagogika universiteti o‘rtasidagi bakalavriat bosqichi uchun qo‘shma ta’lim dasturi doirasida 2025/2026-o‘quv yili uchun hujjatlar qabuli boshlandi.

Mazkur dastur bitiruvchilari O‘zbekiston va Rossiya Federatsiyasi diplomlarini qo‘lga kiritadilar.

Ta’lim yo‘nalishlari:
1.Boshlang‘ich ta’lim;
2.Ona tili va adabiyot: rus tili – Filologik ta’lim (rus tili);
3.Xorijiy til va adabiyot: ingliz tili – Filologik ta’lim (ingliz tili).

Ta’lim jarayoni quyidagicha tashkil qilinadi:
• 1 va 4-bosqichlar — Urganch davlat pedagogika institutida;
• 2 va 3-bosqichlar — V.G. Korolenko nomidagi Glazov davlat muhandislik-pedagogika universitetida masofaviy shaklda Urganch shahrining o‘zida.

Qabul imtihonlari:
1. Mutaxassislik fanlari bo‘yicha imtihon — V.G. Korolenko nomidagi Glazov davlat muhandislik-pedagogika universiteti tomonidan o‘tkaziladi;
2. Rus tili bilim darajasini aniqlash testi — Davlat test markazida o‘tkaziladi.

Qabul jarayoni joriy yilda quyidagicha amalga oshiriladi:
•  20-oktabr — hujjatlarni qabul qilish yakunlanadi;
•  15–24-oktabr — kirish imtihonlari o‘tkaziladi;
•  27-oktabr — tanlov natijalari e’lon qilinadi;
•  29-oktabr — ta’lim to‘g‘risidagi hujjatlarning asl nusxalarini topshirish muddati tugaydi;
•  31-oktabr — o‘qishga qabul qilish to‘g‘risidagi buyruq e’lon qilinadi.

Qo‘shimcha ma’lumot uchun: 
Tel: +998 90 438 58 99  +998 95 802 55 75

© UrDPI matbuot xizmati