Close


UrDPIDA “O‘ZBEK FOLKLORI RIVOJIDA XORAZM DOSTONCHILIK MAKTABINING O‘RNI” MAVZUSIDAGI RESPUBLIKA MIQYOSIDAGI ILMIY-AMALIY ANJUMAN BO‘LIB O‘TADI


UrDPIda “O‘zbek folklori rivojida Xorazm dostonchilik maktabining o‘rni” mavzusidagi respublika miqyosidagi ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tadi

2026-yil 19-fevral kuni Urganch davlat pedagogika institutida Xorazm dostonchilik epik an’analarini tadqiq etish va rivojlantirishga munosib hissa qo‘shgan, serqirra olim, O‘zbekiston xalq maorifi a’lochisi, filologiya fanlari doktori, professor Safarboy Ro‘zimboyevning ilmiy merosiga bag‘ishlangan “O‘zbek folklori rivojida Xorazm dostonchilik maktabining o‘rni” mavzusidagi respublika miqyosidagi ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tadi.

Mazkur anjumanda respublikaning yetakchi olimlari, tadqiqotchilari, oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari, mustaqil izlanuvchilar hamda soha mutaxassislari ishtirok etishi rejalashtirilgan.

ANJUMAN SHO‘BALARI:
Xorazm folklorshunosligi va uning ilmiy-amaliy ahamiyati
Mas’ul: Sapayeva Gulnoza — +998 97 452 21 12

Xorazm shevalarini tadqiq etish muammolari
Mas’ul: Abdullayev Shahzod — +998 94 318 91 90

Xorazm musiqasi va baxshichilik an’analari
Mas’ul: Yo‘ldoshev Sarvar — +998 97 857 32 32

Xorazm ma’naviy merosi va uni boyitish masalalari
Mas’ul: Yoqubova Dilfuza — +998 99 967 66 01

O‘zbek tili va adabiyoti ta’limining dolzarb masalalari
Mas’ul: Atabayeva Xamida — +998 93 286 50 59

 Anjumanda ishtirok etish uchun maqolalar joriy yilning 30-yanvar kuniga qadar qabul qilinadi.

©UrDPI matbuot xizmati