“NEW TALENTS” XALQARO IJODIY TASHKILOTINING 2026-YIL 10-YANVARDAGI 1-SONLI XATIGA ASOSAN, JORIY YILNING 25–27-YANVAR KUNLARI TOSHKENT SHAHRIDA MUSIQA VA SAN’AT YO‘NALISHLARI BO‘YICHA “YILNING XALQARO YULDUZLARI” NOMLI XALQARO TANLOV BO‘LIB O‘TADI.
“New Talents” xalqaro ijodiy tashkilotining 2026-yil 10-yanvardagi 1-sonli xatiga asosan, joriy yilning 25–27-yanvar kunlari Toshkent shahrida musiqa va san’at yo‘nalishlari bo‘yicha “YILNING XALQARO YULDUZLARI” nomli xalqaro tanlov bo‘lib o‘tadi.
Ishtirokchilar tomonidan quyidagi hujjatlar topshiriladi:
Ishtirokchi anketasi (taqdim etilgan namunada);
1 dona elektron formatdagi rangli ijodiy fotosurat;
Tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma yoki pasport nusxasi;
Nomzod ijro etadigan asarlar ro‘yxati.
Ishtirokchilar yoshiga ko‘ra quyidagi guruhlarga bo‘linadi:
1-guruh: 3 yoshdan 6 yoshgacha
2-guruh: 7 yoshdan 9 yoshgacha
3-guruh: 10 yoshdan 12 yoshgacha
4-guruh: 13 yoshdan 15 yoshgacha
5-guruh: 16 yoshdan 19 yoshgacha
6-guruh: 20 yoshdan 24 yoshgacha
7-guruh: 25 yoshdan 30 yoshgacha
8-guruh: 31 yoshdan 70 yoshgacha
Arizalar 2026-yil 22-yanvarga qadar onlayn tarzda quyidagi manzillar orqali qabul qilinadi:
Telegram: 95-008-59-29
Telegram bot: @newtalents_24
Elektron pochta: newtalentsuzb@gmail.com
Iqtidorli san’at ixlosmandlarini tanlovda faol ishtirok etishga chorlab qolamiz!

©️ UrDPI matbuot xizmati