Close

                                                                          Urganch davlat pedagogika instituti Iqtidorli talabalar ilmiy tadqiqot faoliyatini  tashkil etish bo‘limi faoliyati

     Iqtidorli talabalar ilmiy tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi 2022-2023 o‘quv yilida tashkil etilgan bulib, o‘z Nizomi va bo‘lim rejasiga ega. Bo‘lim o‘z faoliyati davomida iqtidorli talabalarni tanlash mezonini ishlab chiqish, fakultetlarda iqtidorli talabalar bilan ishlash faollarini tayinlash va ular yillik rejalarini ishlab chiqish bilan boshlaydi. Belgilangan indikatorlar asosida dekanlar tavsiyalari asosida a’lochi, jamoat ishlarida faol va alohida iqtidorga ega talabalar tanlab olinadi. Institutimizda iqtidorli talabalarni izlab topish, qo‘shimcha ravishda o‘quv mashg‘ulotlarini tashkil etish, ularni ilmiy-tadqiqot ishlariga yo‘naltirish va ilmiy izlanishlarni malakali ravishda amalga oshirishlarini ta’minlash hamda ularning Prezident va Davlat stipendiyalari tanlovlariga, Respublika Fan olimpiadalariga yuqori darajada tayyorlash, turli chet el va mahalliy grantlarga jalb qilish borasida keng qamrovli ishlar amalga oshiriladi.
     Jumladan iqtidorli talabalarni ilmiy tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limida Xotin-qiz talabalarni qo‘llab quvvatlash, ularni iqtidorlarini keng namoyish qilishlari uchun barcha shart-sharoitlar yaratilib kelinmoqda. Buning natijasida olima, san'atkor va sportsmen qizlarimizning izlanishlari universitetimiz ma’muriyati tomonidan alohida taqdirlanadi. 
      2022-2023 o‘quv yilida talabalarga Iqtidorli talaba maqomi berilishining ilk ishlanmalari ustida ishlar olib borilmoqda. Kelgusi o‘quv yilida iqtidorli talabalar 10 foizlik ustama bilan rag‘batlantirilishi kutilmoqda, 2023-2024 o‘quv yilidan boshlab Institut rektorinirng 2022 yil ** dekabridagi “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 31yanvardagi 59-son “Oliy ta’lim muassasalari talabalariga  to‘lanadigan stipendiyalar miqdorlarini belgilash hamda stipendiyalar tayinlash va to‘lash tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 8 fevraldagi 97-son buyrug‘i hamda 2022 yil ** *****dagi Institut Kengashi №***-sonli yig‘ilishining bayonida belgilangan “Urganch davlat oedagogika institutida talabalarni rag‘batlantirish Kengashini tashkil etish va talabalarni moddiy rag‘batlantirish to‘g‘risida” qaroridagi vazifalar ijrosini ta’minlash, institutda o‘quv semestri yakuni bo‘yicha fanlarni o‘zlashtirayotgan, iqtidorli, jamoat ishlarida faol bo‘lgan va ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan talabalarni moddiy rag‘batlantirish, ushbu yo‘nalishdagi faoliyatni yanada samarali yo‘lga qo‘yish maqsadidagi №**** sonli buyrug‘i asosida joriy o‘quv yilining bohorgi va kuzgi semestri davomida talabalardan xujjatlar qabul qilib iqtidor g’oliblariga stipendiyaning belgilangan barobarlarida rag‘batlantirishlar ko’zda tutilmoqda. Talabalar va ularning ilmiy rahbarlari ham belgilangan mezonlar asosida rag‘batlantiriladilar.

Institut rahbariyati tomonidan iqtidorli talabalar va ularning ilmiy rahbarlarini qo‘llab-quvvatlash, institutdagi iqtidorli talabalar bilan ishlashni yanada takomillashtirish, ularga o‘z bilimlarini namoyon etish va rivojlantirishga keng imkoniyalar yaratilgan. Har bir iqtidorli talabaga Ustoz-shogird nizomiga asosan ilmiy rahbar berkitilgan bo‘lib, o‘zlari qiziqqan ilmiy mavzular asosida tadqiqotlar olib bormoqdalar. O‘z ilmiy tadqiqotlari natijalarini nufuzli xalqaro va mahalliy jurnal va konferensiyalarda chop qilib kelmoqdalar.
     Institutimizda iqtidorli talabalarni  O‘zbekiston Respeblikasi Prezidenti Davlat stipendiyasi va Davlat stipendiyalari tanlovlariga jalb qilish borasida  ko‘plab ishlar amalga oshirilmoqda.

Talabalarni test sinovlariga va Oliy ta’lim vazirligida bo‘lib o‘tadigan suhbatga tayyorlash uchun  professor-o‘qituvchilar jalb qilingan holda o‘quv mashg‘ulotlari tashkil qilindi.

2022-2023 oquv yilining  kuzgi va bohorgi semestrlari davomida  Urganch davlat pedagogika institutida o’quv semestri yakuni bo’yicha fanlarni o’zlashtirayotgan,  iqtidorli, jamoat ishlarida faol bo’lgan va ijtimoiy himoyaga muhtoj bo’lgan talabalarni moddiy rag’batlantirish  buyicha belgilangan ustamalar bo’yicha ishlar olib borilmoqda