Close

      Urganch davlat pedagogika instituti axborot-resurs markazida jami 2160 nomda 8820 nusxada ilmiy adabiyotlar, darsliklar, o’quv qo’llanmalar, badiiy adabiyotlar va boshqa adabiyotlar mavjud. ARMning akbt.urspi.uz saytiga 2693 ta foydalanuvchi ro‘yhatga olingan, akbt.urspi.uz saytiga fonddagi 2147 ta o‘quv va ilmiy adabiyotlarning biblografik hamda elektron shakli joylandi.

      Hozirgi kunda o‘quv zalida ochiq fond ham tashkil qilindi. Imkoniyati cheklangan talabalar uchun brayl alifbosidagi o‘quv adabiyotlari ham mavjud. Hozirgi kunda kutubxonamiz yangi texnologiyalar bilan jihozlangyapti. Kutubxonamiz asta sekinlik bilan to‘liq elektron tizimga o‘tyapdi.

      Undan tashqari foydalanuvchilar uchun 25 o‘ringa mo‘ljallangan kompyuter xonasi ham tashkil qilindi. Talabalar bemelol kelib mustaqil ta’lim topshiriqlarini va magistrlik dissertatsiyalarni bajarishlari uchun barcha imkoniyatlar yaratilgan. Kompyuterlar internet tarmog‘iga ulangan. Imkoniyati cheklangan talabalar ishlashi uchun ham bir qator dasturlar o‘rnatilmoqda.