Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi tizimidagi
Xotin-qizlar masalalari bo'yicha Maslahat kengashlari to'g'risida
NAMUNAVIY NIZOM
I.UMUMIY QOIDALAR
1. Mazkur Namunaviy nizom (keyingi o'rinlarda Nizom deb yuritiladi) Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi tizimidagi Xotin-qizlar masalalari bo'yicha Maslahat kengashlari(keyingi,o'rinlarda-Maslahat kengashlari) asosiy vazifalari, funksiyalari, vakolatlarini mazkur Nizomga muvofiq tasdiqlangan ish reja asosida tashkil etish tartibini belgilaydi va shu bo'yicha ish olib boradi.
2. Maslahat kengashlari xotin-qizlarni ijtimoiy siyosiy qo'llab quvvatlovchi, ularning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qiluvchi, shuningdek, O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va Qonunlarida o'z aksini topgan ijtimoiy siyosiy kafolatlarning amalga oshirilishiga ko'maklashuvchi jamoatchilik asosida doimiy faoliyat yurituvchi Maslahat kengashi hisoblanadi.
3. Maslahat kengashlarining tarkibi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi, Kasbiy ta'limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmalari, ta'lim muassasalari rektorlari va filiallar direktorlarining yig'ilish qarorlari bilan tashkil etiladi hamda unga kiritiladigan o'zgartishlar yig'ilish raisi tomonidan tasdiqlanadi.
4. Maslahat kengashlarining qarorlari tavsiyaviy xususiyatga ega.
5. Maslahat kengashlari o'z faoliyatida O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga, O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O'zbekiston Respublikasi Yazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligining me'yoriy hujjatlariga, mazkur Nizomga va boshqa qonun hujjatlariga amal qiladi.
6. Maslahat kengashlari qonuniylik, kollegiallik, oshkoralik, o'zaro hamkorlik va hurmat, teng huquqlilik, ixtiyoriylik va jamoatchilik fikrini hisobga olish tamoyillari asosida faoliyat yuritadi.
II. MASLAHAT KENGASHLARINING ASOSIY VAZIFALARI VA FUNKSIYALARI
7. Xotin-qizlarni qo'llab-quvvatlashga doir davlat siyosatining samarali amalga oshirilishini ta'minlash, ularning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish hamda ularning mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotidagi roli va faolligini oshirish ishlarini hamkorlikda tashkil etadi;
-xotin-qizlarning mehnat jamoalarida, davlat va jamoat boshqaruvi sohasidagi rolini kuchaytirish, ularni ijtimoiy-huquqiy jihatdan qo'llab-quvvatlash borasidagi maqsadli ishlarini tashkil etishga ko'maklashish va ularning fikrlarini tizimli monitoring qilish;
- xotin-qizlarning muammolarini o'z vaqtida aniqlash, yordamga muhtoj va og'ir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan xotin-qizlarning, shu jumladan, nogironligi bo'lgan ayollarning manzilli ro'yxatlarini tuzish, ularga ijtimoiy-huquqiy, psixologik va moddiy yordam ko'rsatish, reabilitatsiya vositalari bilan ta'minlash ishlariga ko'maklashadi;
- yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash, ularga oiladagi nizoli holatlarni hal qilishning huquqiy va psixologik asoslarini o'rgatish, oilalarni mustahkamlash, erta nikoh va oilaviy ajralishlarning oldini olish bo'yicha takliflar ishlab chiqishga va tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirishga yordamlashadi;
-talaba qizlarning huquqiy madaniyatini va savodxonligini oshirib borish ishlarida
faol ishtirok etadi;
- xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to'g'risidagi qonun hujjatlarining ijrosi yuzasidan jamoatchilik nazoratini amalga oshiradi va tegishli takliflar ishlab chiqadi;
- xotin-qizlarni tazyiq va zo'ravonlikdan himoya qilish to'g'risidagi qonun hujjatlari
Ijrosini monitoring qiladi, zo'ravonlikdan jabrlanganlarni aniqlash, ularni reabilitatsiya qilish, huquqlarini himoya qilish bo'yicha ishlab chiqilgan tavsiyaviy takliflami vazirlikka kiritadi;
- xotin-qizlarni tazyiq ya zo'ravonlikdan himoya qilish sohasida hududiy dasturlarni
ishlab chiqish hamda amalga oshirishda ishtirok etadi;
- Talaba qizlarni oilaviy hayotga tayyorlash, yosh oilalarni ijtimoiy faollikka yo'naltirish, ular o'rtasida ijtimoiy foydali mehnat turi bilan shug'ullanadigan, ibrat
namunasiga ega bo'lgan xotin-qizlarning hayot faoliyatlari va turmush tarzlarini keng targ'ib qilish;
- xotin-qizlar o'rtasida turli ko'rik-tanlovlar va sport musobaqalarini o'tkazish, Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti va "Mo'tabar ayol" ko'krak nishoni bilan taqdirlash uchun nomzodlarni tanlashda qonuniylik, ijtimoiy adolat, shaffoflik tamoyillariga rioya etilishi ustidan ta'sirchan jamoatchilik nazoratini amalga oshiradi;
- milliy va xalqaro qonunchilikda xotin-qizlar huquqlarini himoya qilishga doir hujjatlar, standartlar va talablarning joriy etilishini ta'minlaydi va bevosita ishtirok etadi;
- tizimida samarali mehnat qilayotgan ayol xodimlarni Davlat mukofotlariga tavsiya etish bo'yicha taklif kiritadi;
-ta'lim muassasasidagi xotin-qizlar masalalari bo'yicha dekan maslahatchisini tayinlaydi, faoliyatini nazorat qiladi.
- MASLAHAT KENGASHLARINING MAJBURIYATLARI
8. Maslahat kengashlari o'z zimmasiga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi
majburiyatlarni bajaradi :
- o'z faoliyatini O'zbekiston Respublikasi qonunchiligi va mazkur Nizomga muvofiq amalga oshirish;
- jamoatchilik nazorati to'g'risidagi Qonun hujjatlari talablariga rioya etish;
- fuqarolarning or-nomusi va qadr-qimmatini tahqirlashga, ularning shaxsiy hayotiga aralashishga.yo'l qo'ymaslik;
9 . Maslahat kengashlari Qonun hujjatlarida nazarda tutiIgan boshqa majburiyatlarga ham ega bo'lishi mumkin.
- MASLAHAT KENGASHLARINING HUQUQLARI
10. Maslahat kengashlari quyidagi huquqlarga ega bo'ladi:
- jamiyat va davlat hayotida faollik va tashabbuskorlik ko'rsatgan, o'zining samarali mehnati bilan oilaning totuvligi va farovonligi mustahkamlanishiga, onalik va bolalik muhofazasiga munosib hissa qo'shgan, shuningdek, sog'lom va barkamol avlodni voyaga yetkazish, ularni Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash, joylarda ma'naviy-axloqiy muhitni sog'lomlashtirish va milliy qadriyatlarni keng targ'ib etish borasida ibratli faoliyat olib borayotgan xotin-qizlarni "Mo'tabar ayol" ko'krak nishoni bilan taqdirlash yuzasidan Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligiga takliflar kiritish;
- Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligiga Maslahat kengashlari vakolatiga kiradigan
masalalar yuzasidan takliflar kiritish;
-zimmasiga yuklatilgan vazifalar ijrosi samaradorligini oshirish maqsadida ta’lim muassasida xotin-qizlar o‘rtasida turli ko‘rik-tanlovlar va sport musobaqalarini tashkil etish va o'tkazish;
- ta'lim muassasasidagi xotin-qizlar, ayniqsa yordamga muhtoj va og'ir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan xotin-qizlar, shu jumladan, nogironligi bo'lgan ayollarning roziligi bilan ularning uy-joy va ijtimoiy-maishiy shart-sharoitlari bilan tanishish;
- Maslahat kengashlari majlislarida muhokama qilinadigan masalalarni yoritish bo'yicha ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlik qilish;
- yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun seminarlar, davra suhbatlari va boshqa tadbirlarni tashkil etish, zarur hollarda ularga davlat organlari va jamoat tashkilotlari mas'ul xodimlarini hamda mahalla faollarini taklif etish.
11. Maslahat kengashlari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega
bo'lishi mumkin.
V. MASLAHAT KENGASHLARI FAOLIYATINI TASHKIL ETISH TARTIBI
12. Maslahat kengashlarini belgilangan tartibda kengash raisi boshqaradi.
13. Maslahat kengashlari raislari xotin-qizlarning yashirin ovoz berish yo'li bilan
uchdan ikki qismining bergan ovozi bilan saylanadi.
14. Maslahat kengashlarining tarkibi har 3 yilda tasdiqlanadi va 10-21 nafar a'zodan iborat tarkibda shakllantiriladi
15. Maslahat kengashlarining raislari:
- Maslahat kengashlarining faoliyatiga umumiy rahbarlik qiladi;
- Maslahat kengashlarining majlislarini chaqiradi va kun tartibini belgilaydi, majlisga raislik qiladi;
-Maslahat kengashlarining ish rejalarini, majlis bayonnomalarini va boshqa hujjatlarini tasdiqlaydi, majlis Qarorlarining ijrosini nazorat qiladi.
16. Dekan maslahatchilari:
-talaba qizlarning huquqiy madaniyatini va savodxonligini oshirib borish ishlarida
faol bo'ladi;
-mehribonlik uylarida tarbiyalangan qizlar bilan alohida manzilli ishlarni amalga
oshiradi;
- ijodkor, ilmiy-tadqiqot bilan shug'illanishni istagan talaba-qizlar, pedagog xodimlar bilan hamkorlikni kuchaytiradi;
-talaba qizlar orasida turli noxush holatlar (psixotrop moddalar, jioyatchilik, o'z joniga qasd qilish, turli oqimlar ta'siriga tushib qolish, odam savdosi)ning oldini olish, oilalarda ijtimoiy-ma'naviy muhit barqarorligini ta'minlash, oila muqaddasligi borasida mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda tushuntirish ishlarini muntazam tarzda olib borish, yuqoridagi salbiy xarakteri aniqlangan xotin- qizlarning ro‘yxatini ommadan yashirin holatda shakllantirish, ushbu holatdan ta'lim muassasasi rahbariyatini ogoh qiladi;
-Xotin-qizlar maslahat kengashi raisiga bo'ysinadi, har oy yakuni bo'yicha amalga
oshirgan ishlari yuzasidan hisobot taqdim etadi.
17. Maslahat kengashlari fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari va boshqa
davlat organlari hamda jamoat tashkilotlari bilan hamkorlik qiladi;
18. Maslahat kengashlarining raisi bo'lmagan taqdirda, uning vakolatlari va majburiyatlarini rais o' rinbosari bajaradi.
19. Maslahat kengashlarining majlisi ish reja asosida har oyda kamida bir marta chaqiriladi;
- Maslahat kengashlari raisining tashabbusi yoki maslahat kengashlari a'zolarining
uchdan bir qismining yozma murojaati asosida uning navbatdan tashqari majlisini
chaqirish nazarda tutiladi.
20. Maslahat kengashlarining majlislariga boshqa davlat organlari, nodavlat notijorat tashkilotlar va fuqarolik jamiyati institutlarining vakillari, mahalla faollari taklif etilishi mumkin.
2l.Maslahat kengashlarining majlisida qabul qilingan Qaror bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi.
22.Maslahat kengashi raisi oliy ta'lim muassasasi ilmiy kengashi a'zosi sifatida
yiliga bir marta hisobot beradi.