Close

KAFEDRA TARIXI VA ASOSIY FAOLIYATI

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan 2022 - yilda tasdiqlangan “Urganch davlat pedagogika instituti tashkiliy tuzilmasi” va 2022-yil
6-sentabrdagi institut Kengashi qaroriga muvofiq “Pedagogika, boshlang‘ich va maktabgacha ta’lim metodikasi” kafedrasi tashkil etilgan. 

2024-2025 o‘quv yilidan kafedra tarkibidan Umumiy psixologiya va boshlangich talim pedagogikasi nomi bilan ajralib chiqqan, kafedra mudiri bo‘lib pedagogika fanlari falsafa doktori, Xudoyberganov Doniyor Yangiboy o‘g‘li tayinlangan.

 

 Kafedraning asosiy maqsadi: Davlat va jamiyatning oliy ta’lim oldiga qo‘ygan vazifalarini amalga oshirish, dunyo ta’limining innovatsion axborot va pedagogik texnologiyalaridan samarali foydalangan holda xalq ta’limi tizimiga psixologiya va pedagogika sohasi bo‘yicha mukammal bilimga ega bo‘lgan yetuk mutaxassislarni yetkazib berish, o‘qitishning interaktiv metodlaridan samarali foydalangan holda o’quv-didaktik ta’minot, yangi avlod darsliklarini yaratish, inklyuziv ta’limni rivojlantirish mexanizmlarini takomillashtirish, fan sohasida ilmiy tadqiqotlarni jadallashtirish, xalqaro hankorlik doirasida ilg‘or xorijiy tajribalardan foydalanib, yuqori malakali xorijiy mutaxassislarni ta’lim jarayonlariga jalb qilingan holda kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish, yuqori malakali mutaxassislarni, iqtidorli talabalarni tarbiyalashdan iborat.

Kafedrani har bir o‘qituvchisi   ustoz-shogird tizimida faol ishlarni olib boradi. Talabalar bilan hamkorlikda Respublika konferensiyalarida va xalqaro konferensiyalarda ishtirok etib,   tezislar chop etib kelishmoqda. Bundan tashqari kafedrada hamkorlik ishlari ham samarali olib borilmoqda. Kafedra professor-o'qituvchilari hamkorlik qilinayotgan maktablarga borib, o'quvchilar oyda reja asosida ma'ruzalar o'qib kelinmoqda.   Hamkorlik maktablar orasida Mehribonlik uyi xam bor. Mehribon uyida ham kafedra   reja asosida davolash treninglar   uyushtirilgan.

Kafedraning asosiy vazifalari:

Institutda tahsil olayotgan barcha ta’lim yo‘nalishi talabalariga psixologiya bo‘yicha mukammal bilim berishdan iborat.

Bundan tashqari Boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha ta’lim olib kelayotgan talabalarga interaktiv metodlaridan samarali foydalangan holda pedagogik bilimlarni berish.