Kafedra mudiri
Matquliyeva Marg‘uba Farxodovna - Filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent. “Shahriyor” epik syujetining ilk manbalari, doston va ertak variantlari borasida ilmiy ishlarini olib bormoqda. Uning 20 ga yaqin ilmiy, ilmiy ommabop maqolalari chop etilgan. "O‘zbek folklori" o‘quv qo‘llanmasi (Toshkent, 2023), “Shahriyor” epik syujetining ilk manbalari, doston va ertak variantlari” monografiyasi chop etilgan. 2023-yil sentabr oyidan O‘zbek va rus tili adabiyoti kafedrasi mudiri lavozimida ishlab kelmoqda.
Ilmiy ishlar
2022- 2023 o‘quv yili davomida 6 ta o‘quv qo‘llanma, 2 ta monografiya, 5 ta o‘quv uslubiy qo‘llanma chop etilgan. Xalqaro ilmiy-texnik ma’lumotlar bazalarida indeksatsiyalangan jurnallarda 10 dan ortiq va xorijiy jurnallarda 20 ga yaqin, OAK tasarrufidagi ilmiy jurnallarda 30 ga yaqin, Respublika miqyosida 15 dan ziyod tezis va maqolalar chop ettirildi.
Tadqiqotchilar
Kafedrada 2023-2024 o‘quv yilida 10.00.01 – O‘zbek tili, 10.00.02 - O‘zbek adabiyoti, 13.00.02 – Ta’lim-tarbiya nazariyasi va metodikasi ixtisosligida N.Yakubova, Z.Asqarova, M.Ismagilova, V.Kayumov, G.Sapayeva, S.Muxammedova va G.Qodirovalar tadqiqot ishlarini olib bormoqdalar.