Close


Xorijiy filologiya kafedrasi o‘qituvchisi Adolat Jumaboyeva tomonidan "Happy New Year" tadbiri o'tkazildi

Urganch davlat pedagogika instituti Xorijiy filologiya kafedrasi o‘qituvchisi Adolat Jumaboyeva  225-A guruhi talabalari ishtirokida 21- dekabr kuni Yangi yil bayramiga bag'ishlab "Happy New Year" tadbirini o'tkazdilar. Tadbirda Xorijiy filologiya kafedrasi mudiri S. Xo'jayeva va kafedra o'qituvchilari S. Raxmanov va M.Olimovalar ishtirok etishdi. Talabalar tadbir davomida ingliz tilida butun dunyoda yangi yil bayramida o'tkaziladigan oilaviy an'analar va tadbirlar haqida ma'lumotlarga ega bo'lish bilan birga, interaktiv metodlar orqali mavzuni  o’zlashtirdilar. Talabalarning bilimini oshirishga yordam beradigan interfaol o'yinlardagi ishtiroki  hamda bilimiga alohida e'tibor qaratildi.

Ulashish: