Close


Kitob har qanday bilimning joni va yuragi, har qanday fanning ibtidosidir...

    Besh muhim tashabbusning  to‘rtinchi tashabbusi yoshlar ma'naviyatini yuksaltirish, ular o‘rtasida kitobxonlikni keng targ'ib qilish bo'yicha tizimli ishlarni tashkil etishga yo‘naltirilgan. Shu munosabat bilan 2023-yil mart oyidan boshlab har oyda Urganch davlat pedagogika institutida tahsil olayotgan talabalarni kitobxonlikka bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish maqsadida “ENG YAXSHI KITOBXON TALABA” ko‘rik-tanlovi tashkil qilindi.

Tanlovning navbatdagi sentabr  bosqichi G‘afur G'ulomning "Yodgor" qissasi (o‘zbek guruhlar uchun) hamda rus adibi  A.P.Chexovning “Палата №6” qissasi (rus guruhlar uchun) asarlari asosida o‘tkazildi. “Eng yaxshi kitobxon talaba” ko‘rik-tanlovining 2-bosqichida yuqori ball to‘plagan talabalar diplom bilan taqdirlandilar.

Ulashish: