Close


Diqqat Konferensiya

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI 

URGANCH   DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI

A X B O R O T X A T I

Ҳурматли ҳамкасблар

Urganch davlat pedagogika instituti Jismoniy madaniyat kafedrasi tomonidan 2024-yil 13-14-mart kunlari “Globallashuv jarayonida talabalar sporti va jismoniy tarbiya ta’limining dolzarb muammolari va yechimlari” mavzusida Respublika miqyosidagi ilmiy-amaliy anjuman o‘tkaziladi.

Shu munosabat bilan Siz rahbarlik qilayotgan ta’lim muassasasi professor-o‘qituvchilari, ilmiy xodim va mustaqil izlanuvchilari, doktorantlar, magistrantlar, talabalar hamda soha mutaxassislarini anjumanda o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etishga taklif etamiz.

Ilmiy-amaliy anjumanning maqsadi: Jismoniy tarbiya va sport sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarning pedagogik asoslarini takomillashtirish, chuqur bilimli, jismonan sog‘lom, ma’nan yetuk - barkamol avlod tarbiyasi yo‘lida olib borilayotgan ishlar samaradorligini oshirish, yoshlar orasida jismoniy madaniyatni yanada rivojlantirish, sohadagi targ‘ibot va tashviqot ishlarini amalga oshirish, yoshlarning jismoniy tarbiya va sport bilan doimiy shug‘ullanishlarida faolligini oshirish va sportda yuqori natijalarga erishishning dolzarb masalalarini muhokama qilishga bag‘ishlangan bo‘lib, anjumanda erishilgan soha yangiliklarini ilm-fanga va o‘quv jarayoniga tadbiq etish bo‘yicha xulosa hamda takliflar tayyorlanadi.

   Anjumanda quyidagi yo`nalishlar bo`yicha sho`balar tashkil qilinadi:

  • Oliy ta’lim tizimida jismoniy madaniyat ta’limi va o‘qitish sifatini takomillashtirishning zamonaviy innovatsion texnologiyalari
  • : Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida jismoniy tarbiya darslari va sport mashg‘ulotlarini ilmiy tashkil qilishning pedagogik asoslari
  • : Maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarni jismoniy tarbiya ta’limi sifatini takomillashtirish

Taqdim etiladigan ma’ruza tezislari (maqolalar)ni rasmiylashtirishga qo’yilgan talablar:

Barcha ma’ruza tezislari (maqolalar) tahririyat tomonidan anonimlashtirilgan holatda tekshiriladi va tekshiruvdan ijobiy o‘tgan ma’ruza tezislari (maqolalar) nashr etiladi. Ma’ruza tezislarida berilgan ma’lumotlar uchun mualliflarning o‘zlari javobgar hisoblanadi.

Maqola va tezislar “Antiplagiat” dasturi orqali tekshiriladi, matnning haqiqiyligi 65% kam bo‘lmasligi kerak.

- Matnlar hajmi A4 formatda, Microsoft Word matn muharriri yordamida, Times New Roman 14 o‘lchamli shriftda, 1,5 interval oraliqda masofa tashlangan holda tayyorlanadi (yuqoridan va pastdan 2 sm, chapdan 3 sm va o‘ngdan 1,5 sm);

- birinchi qatorda maqola yoki tezisning nomi sahifaning o‘rtasida bosh va qalin harflarda, ikkinchi qatorda muallifning ismi-sharifi, ilmiy darajasi, unvoni, ish joyi, lavozimi, telefon raqami va elektron manzili ko‘rsatiladi;

- maqola va tezislar 1 (bir) nusxada tahrir qilingan holda elektron shaklda tashkiliy qo‘mitaga taqdim etiladi;

- maqola va tezislarning hajmi 3 betdan kam bo‘lmagan va 6 betdan oshmasligi lozim;

- maqola va tezislarda rus, ingliz va o‘zbek tillarida qisqa annotatsiya, kalit (tayanch iboralar) so‘zlar ko‘rsatiladi;

- tezis yoki maqola oxirida foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati beriladi, barcha havola (snoska)lar tik qavs ichida ko‘rsatiladi [1];

Faol ishtirokchilar anjumanning yalpi majlisida “Eng yaxshi maqola” va “Eng yaxshi ma’ruza” kabi nominatsiyalar sertifikati bilan taqdirlanadilar. Eslatma: Materiallar 2024 yilning 5-mart kuniga qadar qabul qilinadi.

Konferensiya koordinatori: Urganch davlat pedagogika instituti, Jismoniy madaniyat kafedrasi, Manzil: Urganch shahar, Gurlan ko‘chasi 1A-uy

            Ma’lumot va maqola, tezislarni yuborish uchun: +998 (93) 750-36-59

Ulashish: