Close


BUGUN, 18-MART KUNINING IKKINCHI YARMIDA URGANCH DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI BOSH BINOSINING HOVLISIDA "NAVROʻZ SAYLI" BAYRAM TANTANALARI BO'LIB O'TDI.

Saylda milliy qoʻshiqlardan iborat konsert dasturi, milliy sport oʻyinlari, milliy taomlar hamda milliy qadriyat va urf-odatlarimizning namunalaridan koʻrgazmalar tashkil qilindi. Xususan, kafedramiz o'qituvchilari va talabalar bilan hamkorlikda qoraqalpoq xalqining milliy urf-odatlari, kiyim-kechaklari, ayollar qadimiy bezaklari hamda milliy taomlarini ko'rsatib berishga harakat qildik. Tadbirda respublikamizning 14 ta hududida an'ana va qadriyatlari namoyish etilib, unda Turkiya va Ozarbayjon Respublikasidan mehmonlar ishtirok etdilar. 

Ulashish: