Xabaringiz bor, institutning Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Diyorjon Abdullayev Rossiya Federatsiyasining Moskva shahri Moskva pedagogika davlat universitetida bo‘lib o‘tayotgan “Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligida o‘qituvchilar ta’limi: kadrlar tayyorlash va integratsiyani rivojlantirish” mavzusida tashkil qilingan xalqaro forumda qatnashmoqda.
Xalqaro Forum yakunida Moskva davlat pedagogika universiteti hamda Urganch davlat pedagogika instituti o'rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.
Memorandum akademik, ilmiy va madaniy sohalarda hamkorliklarni yo‘lga qo‘yishga qaratilgan. Xususan, unda professor-o‘qituvchilar almashinuvi, ularning stajirovka va malaka oshirishini yo‘lga qo‘yish, ta’lim sohasidagi o‘zaro tajribalarni o‘rganish, ilmiy dastur va loyihalarni tashkillashtirish, o'zaro talabalar almashinuvini joriy etish kabi bir qator masalalar qamrab olingan.