Close


URGANCH DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTIDA 2023-2024 O'QUV YILIDA 130 NAFARDAN ORTIQ PROFESSOR-O‘QITUVCHILAR FAOLIYAT YURITDILAR


Urganch davlat pedagogika institutida 2023-2024 o'quv yilida 130 nafardan ortiq professor-o‘qituvchilar faoliyat yuritdilar. Professor-o‘qituvchilarga yaratilgan sharoitlar sababli, ular tomonidan o'tgan bir o‘quv yili davomida 105 ta darslik, monografiya va o'quv qo'llanmalar Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Muvofiqlashtiruvchi Kengashining ruxsat guvohnomasi orqali chop etildi.

Ma'lumot uchun, UrDPI professor-o‘qituvchilari tomonidan nashr qilingan darslik uchun mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori 8 barobarida, o‘quv qo‘llanma uchun mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori 4 barobarida, lug‘at, izohiy lug‘at va monografiya uchun mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori 3 barobarida institutning bujetdan tashqari mablag‘lari hisobidan rag‘batlantirilib kelinmoqdalar.

©️ UrSPI Press Service

Ulashish: