Close


TARIXIY XOTIRA, MAʼNAVIY VA RUHIY TARBIYA — YANGI O‘ZBEKISTON POYDEVORI


#maʼrifatparvar_jadidlar
#tashrif
#Jadidlar_bogʻi
 

Bugun Urganch davlat pedagogika institutida “Tarixiy xotira, maʼnaviy va ruhiy tarbiya — Yangi O‘zbekiston poydevori” mavzusida maʼrifatparvar jadid bobolarimiz xotirasiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.

Unda institut rektori Feruza MadraximovaRespublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Xorazm viloyat bo‘limi rahbari Bekzod AbdrimovUrDU tuzilmasidagi “Qatag‘on qurbonlari xotirasi” muzeyi direktori Yulduz Rahmonova, xorazmlik mashhur jadidchi Boboohun Salimovning nevarasi Matyusuf Salimov, yana bir xorazmlik ma’rifatparvar jadid Nazir Sholikorovning nevarasi Sobir Sholikorovlar hamda institut mas'ullari va talaba-yoshlar ishtirok etdilar.    

Dastlab mehmonlar mas’ullar hamrohligida institutda tashkil etilgan, mo‘jazgina ma’naviyat maskani hisoblangan hamda o‘zida jadid bobolarimizning siymolarini, purhikmat so‘zlarini o‘zida jamlagan “Jadidlar bog‘i”ga sayr qildilar.

©️UrDPI matbuot xizmati

Ulashish: