Close


URDPI TALABASI YOSHLAR O‘RTASIDA O‘TKAZILGAN JAHON CHEMPIONATINING BRONZA MEDALI SOHIBASIGA AYLANDI!


#xushxabar
#jahon_chempionati
#bronza_medali

Xabaringiz bor, Tojikiston poytaxti Dushanbe shahrida dzyudo bo‘yicha yoshlar o‘rtasida jahon chempionati bo‘lib o‘tdi. Dunyoning 60 dan ortiq mamlakatidan 450 nafarga yaqin sportchi qatnashgan mazkur musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi ham katta tarkibda ishtirok etdi. 

Quvonarlisi, jamoamiz tarkibida ishtirok etgan Urganch davlat pedagogika instituti Jismoniy madaniyat yo‘nalishi talabasi Muhammadsodiq Sodiqov (-100 kg) jahon chempionligi uchun kechgan bellashuvda yaponiyalik Nozomu Mikigani taslim etdi hamda oltin medalni qo‘lga kiritdi. Endilikda institutning yana bir talabasi Shirinjon Yo‘ldosheva (-78 kg) ham jahon chempionatining bronza medali sohibasiga aylandi.

Yurt faxri bo‘lgan talabamizga doimo omad va zafarlar yor bo‘lishini tilab qolamiz!

©️UrDPI matbuot xizmati

Ulashish: