Close


JAMIYATDA AYOLLARNING SIYOSIY FAOLLIGIGA BAG'ISHLANGAN ANJUMAN BO'LIB O'TDI


Bugun, 10-oktabr kuni Prezident xuzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Xorazm viloyati filiali tomonidan "Jamiyatda ayollar siyosiy faolligi: muammo va istiqbollari" mavzusida anjuman bo'lib o'tdi.

Anjumanda Xorazm viloyati hokimi o'rinbosari Nigora QutlimuratovaO'zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Xorazm viloyat Kengashi raisi Gulsara QurbonboyevaUrganch davlat pedagogika instituti rektori, pedagogika fanlari doktori Feruza Madraximova, Xorazm viloyat Davlat mehnat nazorati inspeksiyasi boshlig'i Hamid Sitchanov va boshqa mehmonlar hamda viloyatning barcha sohalardagi rahbar ayollari ishtirok etdilar.

Anjuman davomida mehmonlar tomonidan ayollarning jamiyatda ijtimoiy-siyosiy ishtirokini kuchaytirish, ularning jamiyatdagi rolini oshirish, gender tenglik masalalari va ayollarning ijtimoiy-iqtisodiy, huquqiy faolligini oshirish bo'yicha ma'ruzalar qilinib, erkin muloqot shaklida o'tkazildi.

©️UrDPI matbuot xizmati

Ulashish: