#xalqaro_hamkorlik
#Turkiya
Xabaringiz bor, Urganch davlat pedagogika instituti "Boshlang'ich ta'lim metodikasi" kafedrasi dotsenti A.Atajonova va o'qituvchi G.Avezovalar Turkiya davlatining Ankara shahridagi Yunus Emre madaniyat markazida oʻtkazilgan hamda xalqaro turk madaniyatiga bag'ishlangan "Uluslararası Türk kültürü Sempozyumu"da oʻz maʼruzalari bilan ishtirok etgan edilar.
Turkiya safari davomida vakillarimiz Ankara shahridagi Gazi universitetida turkiy xalqlar adabiyoti taraqqiyotiga gʻoyat katta hissa qoʻshgan, sharqning eng mashhur shoirlaridan biri boʻlgan Muhammad Sulaymon oʻgʻli Fuzuliy tavalludiga bagʻishlab oʻtkazilgan simpoziumda ham ishtirok etdilar.
Simpoziumda turli mamlakatlardan kelgan adabiyotshunos olimlar Ozarbayjon shoirining hayoti va ijodi haqida ma'ruzalar oʻqidilar, shuningdek, simpozium doirasida olimlar oʻrtasida tajriba almashildi, hamkorlik aloqalari yanada mustahkamlandi.





©️ UrDPI matbuot xizmati