Close


UrDPI TALABALARIGA ROSSIYA PROFESSORI DARS BERADI


#xalqaro_hamkorlik
#Rossiya
 

Urganch davlat pedagogika institutiga Rossiya Federatsiyasi Povoljya davlat jismoniy tarbiya, sport va turizm universiteti "Jismoniy madaniyat" kafedrasi professori, pedagogika fanlari doktori Zotova Firuza Raxmatullovna tashrif buyurdi hamda "Jismoniy madaniyat" kafedrasi mudiri O‘ktam Matnazarov hamrohligida institutning Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Diyorjon Abdullayev, O‘quv ishlari bo‘yicha prorektori Umarbek Sheripov, Xalqaro hamkorlik bo'limi boshlig'i Jaloliddin Sa'dullayevlar bilan uchrashdi. 

Uchrashuv davomida o‘quv, akademik va ilmiy sohalarda hamkorliklarni yanada kengaytirish, xususan, hamkorlikda ilmiy materiallar chop qilish, ta’lim sohasida o‘zaro tajribalar almashish, ilmiy dastur va loyihalarni tashkillashtirish kabi bir qator masalalar yuzasidan fikrlar almashdilar. 

Endilikda professor bir oy davomida institutimizning "Jismoniy madaniyat" kafedrasi talabalariga dars mashg'ulotlarini olib boradi.

©️ UrDPI matbuot xizmati

Ulashish: