Close


REKTOR G‘OLIB TALABALAR BILAN UCHRASHDI


Rektor g‘olib talabalar bilan uchrashdi

Bugun Urganch davlat pedagogika instituti rektori Feruza Madraximova “Til bilimdonlari” respublika tanlovida 1-o‘rinni egallab, 8 million so‘m egasi bo‘lgan institut talabasi Barchinoy Ro‘zmetova hamda “Kitobxonlar yoshlar ligasi”ning respublika bosqichida 2-o‘rinni qo‘lga kiritgan iqtidorli talaba Sarvinoz Qurbonovalar bilan uchrashdi. 

Uchrashuv davomida rektor Yangi O‘zbekistonda shunday vatanparvar, bilimli va mehnatsevar yoshlar kelajak bunyodkori ekanligini alohida ta'kidlab, yurtimiz ravnaqi uchun mehnat qilishdan charchamaslikni aytib o'tdi. 

©️ UrDPI matbuot xizmati

Ulashish: