Close


UrDPI VAKILI MDH MAMLAKATLARI O‘RTASIDA GUMANITAR HAMKORLIKNI YANADA RIVOJLANTIRISHGA BAGʻISHLANGAN XALQARO ANJUMANDA ISHTIROK ETDI.


UrDPI vakili MDH mamlakatlari o‘rtasida gumanitar hamkorlikni yanada rivojlantirishga bagʻishlangan xalqaro anjumanda ishtirok etdi.

Bugun, 27-noyabr sanasida, Rossiya davlat gumanitar universitetida “MDHning asosiy tashkilotlarining universitet gumanitar hamkorligi va Hamdoʻstlikka aʼzo davlatlardagi slavyan universitetlarining oʻzaro hamkorligining istiqbolli yoʻnalishlari. MDH integratsiya tuzilmalarini 2025 yilga va 2026-2030 yillar istiqbolli davrga rivojlantirish” mavzusidagi anjuman bo‘lib o‘tdi.  

Ushbu anjumanda Urganch davlat pedagogika instituti nomidan Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Diyorjon Abdullayev ishtirok etdi.  

Mazkur anjumanda institutning joriy yil davomida hamkor oliygohlar bilan amalga oshirgan ilmiy, o'quv va xalqaro doiradagi hamkorlik ishlari eʼtirof etildi. Shuningdek, anjuman doirasida MDH mamlakatlari o‘rtasida gumanitar hamkorlikni rivojlantirish va kelajakdagi istiqbolli loyihalar muhokama qilindi. Ushbu tadbir MDH oligohlari o‘rtasida hamkorlikning mustahkamlanishida muhim ahamiyat kasb etadi.  

©️ UrDPI matbuot xizmati

Ulashish: