“O‘zbekiston chempionati”da UrDPIning 3 nafar talabasi oltin medalni hamda 1 nafar talabasi bronza medalni qo‘lga kiritdi!
Sportning gandbol turi bo‘yicha yoshlar (o‘g‘il va qizlar) (U-20) o‘rtasida o‘tkazilgan “O‘zbekiston chempionati”da Urganch davlat pedagogika institutining Aniq va amaliy fanlar fakulteti Jismoniy madaniyat yo‘nalishining 4 nafar talabasi Xorazm viloyati terma jamoasi tarkibida ishtirok etdi.
Gandbol bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi sardori, “Xalqaro toifadagi sport ustasi” va II-MDH o‘yinlari qizlar musobaqasining “Eng yaxshi o‘yinchi”si Sevinch Erkaboyeva hamda O‘zbekiston terma jamoasi a'zolari, “Xalqaro toifadagi sport ustasi” Zulayho Marimboyeva va 1-bosqich talabamiz Shahrizoda Erkaboyevalar oltin medalni qo‘lga kiritgan bo'lsalar, yana bir iqtidorli talabamiz, terma jamoa sardori Tojiboy Latifov ham bronza medaliga egalik qildi.
Talabalarimizga bundan keyingi o‘qish va sportdagi faoliyatlarida ulkan zafarlar tilab qolamiz!
⚡️Olg‘a, UrDPI yoshlari!
©️ UrDPI matbuot xizmati