Close


“INNOVATSION G‘OYALAR YETAKCHISI” KO‘KRAK NISHONI TANLOVIDA ISHTIROK ETING!


“Innovatsion g‘oyalar yetakchisi” ko‘krak nishoni tanlovida ishtirok eting!

 “Innovatsion g‘oyalar yetakchisi” ko‘krak nishoni innovatsion g‘oya va texnologiyalarni rivojlantirish, ularni amaliyotga tatbiq etishda faol ishtirok etayotgan iqtidorli yoshlar, talabalar, olimlar hamda tashabbuskor fuqarolarni rag‘batlantirish maqsadida ta’sis etilgan. 

Tanlovda innovatsion faoliyat bilan shug‘ullanayotgan, ilg‘or g‘oyalari yoki loyihalari orqali amaliy natijalarga erishgan talabalar, yosh olimlar va ixtirochilar ishtirok etishi mumkin. Nomzodlar o‘zlari yoki boshqa biror shaxs tomonidan tavsiya etilishi mumkin.

 Taqdim etilishi lozim bo‘lgan hujjatlar:

— 9x12 o‘lchamdagi elektron fotosurat (oq fon, jpg/jpeg);
— Shaxsni tasdiqlovchi hujjat (pdf);
—Nomzodning ma‘lumotnomasi (doc/docx);
— Tavsiyanoma (doc/docx + tasdiqlangan pdf);
— Erishilgan yutuqlarni asoslovchi hujjatlar (pdf);
— Agar mavjud bo‘lsa, qo‘shimcha tavsiyanomalar (pdf);
— Ilmiy yoki innovatsion loyiha va uning 200 so‘zdan oshmagan annotatsiyasi.

 Arizalar quyidagi manzil orqali qabul qilinadi: @TolibTuraboyevich.
 Ariza topshirish muddati: 2025-yil 1-maygacha.

© UrDPI matbuot xizmati