Close


OZARBAYJON RESPUBLIKASIGA XIZMAT SAFARI DOIRASIDA URGANCH DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI REKTORI FERUZA MADRAXIMOVA VA OZARBAYJON DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI REKTORI JAFAR JAFAROV O'RTASIDA HAMKORLIK MEMORANDUMI IMZOLANDI


Bugun Ozarbayjon Respublikasiga xizmat safari doirasida Urganch davlat pedagogika instituti rektori Feruza Madraximova va Ozarbayjon davlat pedagogika universiteti rektori Jafar Jafarov o'rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. 

Memorandum pedagoglar va talabalar almashinuvi, qo‘shma ilmiy loyihalarni, stajirovkalarni o‘tkazish, ma’ruzalar va simpoziumlar o‘tkazish, akademik ma’lumotlar va materiallar almashinuvi, o‘zaro kelishuv asosida boshqa ilmiy hamkorliklarni yo‘lga qo‘yish kabi bir qator masalalarni qamrab olgan.

Institutning bundan keyingi xalqaro hamkorliklari va istiqbolli loyihalariga ham muvaffaqiyatlar tilab qolamiz!

©️ UrDPI Matbuot xizmati

 

Ulashish: