Urganch davlat Pedogogika institutining Marketing va talabalar amaliyoti bo’limi bosh mutaxassisi xuquqi, majburiyatlari va vazifalari.
Bo‘lim bosh mutaxassislari quyidagi huquqlarga ega:
- institutning barcha tarkibiy bo‘linmalaridan o‘z vakolatlari doirasida zarur ma’lumotlarni so‘rash va olish;
institutda o‘tkazilayotgan turli o‘rganishlar, taftishlar va xatlovlarda, shuningdek, ularning yakunlari bo‘yicha hujjatlarni ko‘rib chiqishda ishtirok etish;
- rahbariyat topshirig‘iga ko‘instituttarkibiy bo‘linmalari xodimlarini shartnomalar va me’yoriy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish hamda ularning ishtiroki zarur bo‘lgan boshqa tadbirlarni amalga oshirishga jalb etish;
- marketing va talabalar amaliyoti faoliyatiga oid hujjatlarni ishlab chiqish;
Bo‘lim bosh mutaxassislari va marketologning majburiyatlari quyidagilardan iborat:
- ushbu Yo‘riqnomada nazarda tutilgan vazifalarni bajarmaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligi uchun qonunchilikda belgilangan tartibda intizomiy va moddiy javob berishga;
- ichki mehnat tartib va qoidalariniga rioya etilishi hamda mehnat shartnomasida nazarda tutilgan boshqa majburiyatlarning o‘z vaqtida bajarilmasligi yoki lozim darajada bajarilmasligi uchun javob berishga;
- bo‘lim xodimlari ushbu yo‘riqnomadan kelib chiqadigan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli bajarishga;
-institut moddiy boyliklarini asrashga;
- o‘z xizmat yo‘riqnomasida ko‘rsatilgan vazifalarni talab darajasida bajarish, ichki mehnat intizomiga rioya etish hamda qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa vazifalarni bajarishga;
- maxfiy hisoblangan maxsus grifli hujjatlarni hamda institut faoliyatiga dahldor bo‘lgan boshqa hujjatlarni sir saqlash majburiyatini olishga, bunday hujjatlarni oshkor qilmaslikka majburdirlar.
Bo‘lim bosh mutaxassislarining vazifalari quyidagilardan iborat:
- institutda tayyorlanayotgan oliy ma’lumotli kadrlarga korxona, muassasa va tashkilotlaming ehtiyojini o‘rganish asosida ma’lumotlar ba’zasini shakllantirish.
- institutda kadrlar tayyorlash va davlat granti asosida bitiruvchilarni ishga taqsimlash monitoringini yuritish.
Institute bitiruvchilarini ishga joylashish jarayonlarini tizimli tahlil qilish va baholash.
- bitiruvchi talabalar amaliyotini keyinchalik ishga joylashishi mumkin bo‘lgan korxona va tashkilotlarda tashkil etishga ko‘maklashish.
Urganch davlat рedagogika instituti “Marketing va talabalar amaliyoti”
bo‘limining 2023-yil I yarim yillik
ISH REJASI
№
|
Tadbirning nomi yoki mazmuni
|
Bajarish muddati
|
Ma'sul
|
1
|
2022/2023 o‘quv yili uchun qabulga oid takliflarni potensial kadrlar iste'molchilari bilan birgalikda va kafedralar bilan xamkorlikda shakllantirish.
|
O‘quv yili davomida
|
Marketing va talabalar amaliyoti bolimi, fakultet dekanlari, kafedra mudirlari
|
2
|
Xar yangi o‘quv yiliga abiturentlarni qabul qilish rejasini ishlab chiqish va yangi mutaxassisliklar ochishga takliflar berish.
|
O‘quv yili davomida
|
Marketing va talabalar amaliyoti bolimi, fakultet dekanlari, kafedra mudirlari
|
3
|
Viloyatlar va tumanlar bo`yicha, xar bir yo’nalish va mutaхassisliklar kesimida malumotlar bankini yaratish.
|
O‘quv yili davomida
|
Marketing va talabalar amaliyoti bolimi, fakultet dekanlari, kafedra mudirlari
|
4
|
Joriy o‘quv yilida “Oliy ta'lim muassasalari qabuliga oid takliflar va kadrlarga bo‘lgan ehtiyojlar”da ko‘rsatilgan jadvallarni umumlashtirish Vazirlikning Kadrlar tayyorlash va oliy ta'lim muassasalarini tashkiliy-metodik ta'minlash bosh boshqarmasiga taqdim etish.
|
O‘quv yili davomida
|
Marketing va talabalar amaliyoti bolimi, fakultet dekanlari , kafedra mudirlari
|
5
|
Yo’nalishlar bo’yicha amaliyotlarini yuqori saviyada tashkil etish va uni nazorat qilish.
|
O’quv yili davomida
|
Marketing va talabalar amaliyoti bo’limi, kafedra mudirlari
|
6
|
Talabalarga mehnat to ’g’risidagi qonun xujjatlari asoslari, mehnat bozorida mos vakansiyalar
izlash ko’nikmalari, ishga kirish uchun rezyumeni tayyorlash va ish beruvchi bilan suhbatdan o’tish
usullarini o ‘rgatish, ishga kirish uchun talab etiladigan xujjatlar bilan tanishtirish.
|
O‘quv yili davomida
|
Viloyat Bandlik va mehnat munosabatlari boshqarmasi, marketing va talabalar amaliyoti bolimi, kafedra mudirlari, tarmoq korxonalar.
|
7 Institut talabalari bandligini ta’minlash bo‘yicha tizimli ishlarni amalga oshirish holatini tahlil qilish. 2023-yil mart Rektor, marketing va talabalar amaliyoti bo‘limi
|
Institut talabalari bandligini ta’minlash bo‘yicha tizimli ishlarni amalga oshirish holatini tahlil qilish.
|
O‘quv yili davomida
|
Marketing va talabalar amaliyoti bo‘limi, kafedra mudirlari
|
8
|
“Karyera markazi” ga hamkor korhona va tashkilot vakillarini har oyda kamida ikki marotaba kelib, institut talablarini seleksiya ishlarini amalga oshirishlari uchun tegishli shart-sharoitlarni yaratish.
|
O‘quv yili davomida
|
Marketing va talabalar amaliyoti bolimi, “Karyera markazi” ma’sullari
|
9
|
Karyera kunlarini tashkil etish va talabalarni kelajakda kasbiy faoliyatga qiziqishlarini kuchaytiruvchi tadbirlarini amalga oshirish.
|
O‘quv yili davomida
|
Marketing va talabalar amaliyoti bolimi, “Karyera markazi” ma’sullari
|